Rossiya Ikkinchi Jahon urushi yakunlanish sanasini rasman ko‘chirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie vo vstreche glav YeAES v formate videokonferensii
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie vo vstreche glav YeAES v formate videokonferensii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun Ikkinchi Jahon urushidagi g‘oliblarga nisbatan tarixiy adolatni saqlab qolishga, shuningdek, halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan.

TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3-sentabr kunini Ikkinchi jahon urushining yakunlanish sanasi sifatida tasdiqladi. Tegishli qaror huquqiy axborotlar portalida e’lon qilingan.

Prazdnichnoe meropriyatie, posvashennoe Dnyu Pamati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 milliondan mukofot beriladi

Bunga qadar harbiy shon-sharaf kuni - Ikkinchi Jahon urushining tugagan sanasi 2-sentabr bo‘lgan.

“Qonun Ikkinchi Jahon urushidagi g‘oliblarga nisbatan tarixiy adolatni saqlab qolishga, shuningdek, halok bo‘lganlarning munosib xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq qonun loyihasi Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan va Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1945-yilda SSSR Oliy Kengashi, aynan 3-sentabr kunini Yaponiya ustidan g‘alaba kuni deb e’lon qilgan. Xuddi shu sana janglarda ishtirok etganlarga berilgan “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medalining orqa tomonida ko‘rsatilgan. Biroq 1947-yildan bu kun oddiy ish kuni bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan u bayram sifatida unutilgan.

Yangiliklar lentasi
0