Polshaning O‘zbekistonga 50 mln $ imtiyozli kredit ajratishi jadallashtiriladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishFlag Polshi
Flag Polshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Polsha taraqqiyot vaziri Yadviga Emilevich bilan videokonferensiya o‘tkazdi. Unda moliyaviy va texnik hamkorlik masalalari alohida ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Polsha taraqqiyot vaziri Yadviga Emilevich o‘rtasida o‘tkazilgan videokonferensiyada moliyaviy va texnik hamkorlik masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3 mlrd dollar jalb qiladi

Ta’kidlanishicha, ikki tomonlama sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, koronavirus pandemiyasining ikki mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida istiqbolli yo‘nalishlar - yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalari aytib o‘tildi. Toshkent shahrida Polshaning "Irimed" kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy Yevropa kardiologiya klinikasini qurilishi, Andijon viloyatida Polsha “Collegium Humanum” menejment universiteti filialini ochilishi, Lodz shahrida (Polsha) o‘zbek to‘qimachilik savdo uyini tashkil etish kabi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

“Moliyaviy va texnik hamkorlik masalalari alohida ko‘rib chiqildi - qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi infrastrukturasini modernizatsiya qilish uchun Polsha hukumatining 50 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit liniyalari ajratish bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Yadviga Emilevich Polsha O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini tasdiqlashga hamda “GSP+” umumiy imtiyozlar tizimining benefitsiar-mamlakati maqomini olishga har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Videokonferensiya yakunlariga ko‘ra savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gummaniar yo‘alishlarda o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘alishlarini aniqlash hamda erishilgan natijalarni monitoring qilish maqsadida  ikki tomon tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha tashkilot rahbarlarining o‘rinbosarlari darajasida o‘zaro doimiy ravishda faoliyat yuritib boradigan maslahatlashuvlar mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0