G‘alabaga qo‘shilgan hissa - Chirchiq mashinasozlik zavodi

Obuna bo‘lish
Chirchiq mashinasozlik zavodining paydo bo‘lishi, urush yillaridagi faoliyati va G‘alabaga qo‘shga hissasi haqida batafsil infografikamizda tanishing.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston frnt chig‘izidan ancha ichkarida bo‘lsada, uning G‘alabaga qo‘shgan hissasi katta bo‘ldi. Paxta, ipak, oziq-ovqat kabi an’anaviy mahsulotlardan tashqari respublika jang maydonlariga qurol-aslahalarni va o‘q dori ham yetkazib berdi.

G‘arbiy hududlarda jangovar harakatlar boshlangani tufayli ko‘plab zavod va fabrikalar, teatr va institutlar mamlakat ichkarisiga, jumladan O‘zbekistonga ko‘chirilgan edi. Chirchiq mashinasozlik zavodi nomi bilan tanilgan, Chirchiqdagi qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod ham ana shunday korxonalardan biridir. 

Korxona 1942-yil 27-iyulda Stalin nomidagi Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodining 2-filiali negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR poytaxtining o‘zdagi birinchi sexlar 1941-yilda, Rostov-Donu shahridan "Rostselmash"ning bir qismi evakuatsiya qilinganida paydo bo‘ldi. 1942-yil iyun oyida shoshilinch qurilish va uskunalarni o‘rnatilganidan so‘ng, yangi ishlab chiqarish maydoni SSSR minomot qurollari Xalq komissarligiga topshirildi.

Ushbu korxonaning paydo bo‘lishi, urush yillaridagi faoliyati va G‘alabaga qo‘shga hissasi haqida batafsil Sputnik infografikasida tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0