TOShKENT, 23 apr — Sputnik. AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp so‘nggi bir oy ichida birinchi marta Oq uyda Yer kuniga bag‘ishlangan tarbirda ishtirok etdi. Bu haqda Hill gazetasi xabar qildi.
Melaniya turmush o‘rtog‘i Donald Tramp bilan Oq uyda daraxtlarni ekish marosimida qatnashdi.
Today @POTUS, @VP, @SecondLady & I honored #EarthDay, #NationalParkWeek & #ArborDay by planting a maple tree on the South Lawn of the @WhiteHouse. This tree represents our nation’s dedication to conservation & our admiration for the great outdoors. pic.twitter.com/U8zpUeFply
— Melania Trump (@FLOTUS) April 22, 2020
Marosimda vitse-prezident Mayk Pens va uning rafiqasi ham ishtirok etishdi. Ta’kidlanishicha, ikkala juftlik ham himoya niqoblari va qo‘lqoplarsiz bo‘lishgan, ijtimoiy masofani saqlashmadi.
Qator OAV bu Melaniyaning 10-martdan beri omma oldida birinchi paydo bo‘lishi haqida yozishdi. Bir oydan ko‘proq vaqt davomida u faqat Twitter orqali muloqot qildi, u yerda asosan koronavirus mavzusi bilan bog‘liq video murojaatlarni joylashtirdi.
Bundan avval Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirusga taxlil topshirdi, ikkalasi ham salbiy natijani ko‘rsatdi.