Binoni qayta ta’mirlash ishlari 2019-yil kuzida boshlanib, shu yilning pravoslav “Pasxa” bayramiga nihoyalandi.
Qadimiy bino askarlar qabri ustida rus arxitekturasi uslubida qurilgan edi. 1865-yilda bu joyda Toshkentni shturm qilishda halok bo‘lgan askarlar dafn etilgan.
Butxona o‘zi esa 20-yildan so‘ng – 1886-yilda barpo etilgan.
Diniy inshoot iloxiylashtirilganda unga avliyo Georgiy Pobedonoses nomi berilgan.
Bu yerga tashrif buyuruvchilar bino kimning sharafiga qurilganligini bilishi uchun, uning orqa devoriga "Toshkent shahrining shturm qilishda halok bo‘lgan, yotgan askarlarning xotirasiga ..." degan so‘zlar yozilgan.
Maqbara muhandis Ulyanovning avvalgi loyihasiga binoan qayti tiklandi. Butxona devorlari Buxorodan maxsus olib kelingan ohaktosh bilan bezatilgan, xoch esa jezdan yasalgan. Fasadlarning birida avliyo Georgiy suratining terma naqshi terilgan.