Novak WTI neftining rekord darajadagi qulashi bo‘yicha fikr bildirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr energetiki RF Aleksandr Novak
Ministr energetiki RF Aleksandr Novak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak neft narxining rekord darajada pasayishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak neft narxining rekord darajada pasayishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi.

Neftanoy stanok-kachalka na mestorojdenii nefti - Sputnik O‘zbekiston
“Suvtekin”: neft narxi nol darajadan pastga tushdi

Kuni kecha may oyi WTI fyucherslari tarixda birinchi marta bir barrel uchun minus 37 dollargacha bo‘lgan salbiy ko‘rsatkichlarga tushdi. Bugun WTI va Brent uchun iyun fyucherslari ham tushdi.

Energetika vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qulash spekulyatsiyalar bilan bog‘liq edi.

"WTI amerika markasining neft narxlari kechagi qulashi qog‘ozdagi savdoning oxirida may oyida yetkazib berish uchun fyuchersni sotib yuborilishi, may oyida qo‘shimcha neft ta’minotiga talab yo‘qligi va omborlarni haddan tashqari ko‘p to‘ldirish ehtimoli tufayli yuzaga keldi. Bu moliyaviy vositaning salbiy ko‘rsatkichlargacha spekulyativ pasayishiga olib keldi," - tushuntirdi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qog‘ozda o‘tadigan bozor bo‘lib, bu yerda haqiqiy neft bilan emas, balki moliyaviy vositalar bilan savdo amalga oshiriladi.

Uning ta’kidlashicha, iyun fyucherslari sezilarli darajada balandroq, ammo ular ham bozorning umumiy holati tufayli beqarorlikni boshdan kechirdilar.

Narxlar urushining natijasi

Britaniyaning Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi tahlilchisi Enn-Luiz Xittlning so‘zlariga ko‘ra, kecha narxlarning pasayishi aprel oyidagi narxlar urushi natijasida yuzaga keldi. Unga ko‘ra, salbiy narxlar neft bozorida "zilzila"ni keltirib chiqardi.

Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya neft urushidan qanday manfaat ko‘rishi mumkin?

U mart oyida OPEK+ yangi bitim bo‘yicha kelisha olmaganini eslatdi.

"Saudiya Arabistonining maqsadi fevraldagi kuniga 9,7 million barreldan farqli o‘laroq bozorga aprel oyida kuniga 12,3 million barrelni yetkazish edi. Bu aprel oyida "Saudiya barrellari" to‘lqinini qo‘zg‘atdi. Bozor ulushi uchun OPEK+ jangining eng katta ta’siri shu oyda bilindi”, - dedi ekspert.

U shuningdek, aprel o‘rtalarida tuzilgan yangi bitim bozorni barqarorlashtirishga yordam berishini kutmoqda.

Neft narxining tushishi

Koronavirus xom ashyoga talabning pasayishi tufayli neft narxining rekord darajada pasayishiga olib keldi. Shuningdek, bozorga aprel oyi o‘rtasigacha ham  OPEK+ kelishuvi yo‘qligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bitim faqat aprel oyining o‘rtalarida tuzildi. Bu bozor holatini vaqtincha barqarorlashtirishga yordam berdi, ammo keyin narxlar yana pasaya boshladi.

Koronavirus va xom ashyoning haddan tashqari ko‘payishi sharoitida OPEK va Xalqaro energetika agentligi bu yil neftga talabning rekord darajada pasayishini kutmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0