TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatning 31 viloyatida 4 kunlik qo‘mondonlik soati e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Izvestiya nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra qo‘mondonlik soati 23-aprel kuni boshlanib 26-aprel oqshomida tugaydi.
"Ushbu tadbirning maqsadi - bayram kunlarida kasallik keskin tarqalishini oldini olish bo‘lib, uning natijasida bayramdan so‘ng Ramazon oyini xotirjam boshlash umidadmiz", - dedi Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 23-aprel kuni - Mustaqillik kuni milliy bayrami nishonlanadi. Shuningdek 24-apreldan musulmon dunyosida Ramazon oyi boshlanadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kun holatiga Turkiya COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda eng yuqori o‘rinlardan birida ketmoqda. Mamlakatda zararlanganlar soni 90 mingdan oshgan, vafot etganlar 123 kishini tashkil qilmoqda.