Yaponiya jahon iqtisodiyotida urushdan keyingi eng kuchli inqirozni bashorat qilmoqda

© AP Photo / Jae C. HongOlen u magazina v gorode Nara, Yaponiya
Olen u magazina v gorode Nara, Yaponiya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya tashqi ishlar vaziri koronauvirus epidemiyasi tufayli jahon va Yaponiya iqtisodiyoti ulkan krizisga duch kelishini bashorat qildi.

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Jahon iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyin yangi koronavirus tufayli eng og‘ir inqirozga duch keldi, dedi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi.

"Xalqaro iqtisodiyotga, shuningdek Yaponiya iqtisodiyotiga ta’siri juda jiddiy", -  deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kiodo agentligi.

Agentlik aniqlashicha, hukumat inqirozga qarshi choralarga harajatlar miqdorini 117,1 trillion iyengacha (taxminan 1,09 trillion dollar) oshirish niyatida. Avvalroq, 108 trln iyen atrofidaga koronavirus pandemiyasi fonida inqirozga qarshi "paket" tasdiqlangan edi.

Biroq, ba’zi yapon mutaxassislari bu yetarli bo‘lmaydi va mamlakatda ishsizlik to‘rtinchi chorakda 2,72% ga ko‘tariladi deb hisoblashadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,56 millionga ko‘pdir. Shunday qilib, vaziyat 2008-2009 yillardagi inqiroz davridagidan ham yomonroq bo‘lishi mumkin.

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2,4 milliondan ortiq odam kasallikka chalingan, 165 mingdan ortiq odam vafot etgan. Rossiyada COVID-19 ning 42 853 holati tasdiqlandi, 361 kishi kasallik qurboniga aylandi. 6060 kishi davo topdi.

O‘zbekistonda zararlanganlar soni 1565, davolanganlar soni 225 kishini tashkil qildi. 5 kishi vafot etgan. 

Yangiliklar lentasi
0