Rossiyada migrantlarga ham ishsizlik nafaqasi to‘lash taklif qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat migrantlarini vaqtincha Rossiya fuqarolariga tenglashtirish va ularga ham ishsizlik nafaqasi to‘lash taklif qilindi.

TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Strategik tashabbuslar agentligi Rossiyada migrantlarga ham vaqtincha ishsizlik nafaqasi to‘lashni taklif qildi, deb xabar qilmoqda RT. 

"Tashkilotlar xodimlarini qo‘llab-quvvatlash vaqtida rasman ishga joylashgan mehnat migrantlari ham ishsizlik nafaqasi olishi uchun Rossiya fuqarolariga tenglashtirilsin", - deyilgan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin nomiga yo‘llangan murojaatnomada. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, shunga o‘xshash chora Portugaliyada qabul qilingan bo‘lib, u yerda 580 ming migrantlar ushbu davlat fuqarolariga tenglashtirilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 18-aprel kuni Rossiyada mehnat migrantlari uchun juda muhim qaror qabul qilingan edi. Xususan 15-martdan 15-iyunga qadar (3 oyga) barcha patent va registratsiya muddatlari  to‘xtatib qo‘yilgan edi. Ya’ni mehnat migrantlari ushbu hujjatlarni uzaytirish uchun to‘lovlar amalga oshirishlari yoki huquqni saqlash organlariga murojaat qilishlari talab etilmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0