TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov koronavirus bilan karantinda bo‘lganlar kasallikni yengil formasida tuzalib chiqishsa, keyinchalik harbiy sohaga qabul qilinmaydi degan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
“Koronavirus bilan og‘rib o‘tgan (kasal bo‘lgan) barcha shaxslar uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Nafaqat harbiy sohada, balki boshqa sohalarda ham xuddi shunday hech qanday cheklovlar mavjud emas”, - dedi u AOKA shtabidagi brifingda.
Shuningdek, Zulfiqorovning ma’lum qilishicha, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lganlarni rezervga bo‘shatish ishlari rejaga asosan amalga oshirilmoqda. Ular ortiqcha muddat harbiy xizmatda qoldirilmaydi.
Bo‘lajak askarlar dizenfeksiya ishlarida ko‘ngilli ravishda qatnashmoqda