Karantin qanday paydo bo‘lgan va necha kun davom etishi kerak?

Obuna bo‘lish
Qadim zamonda vabo, kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalganda karantin - muqarrar o‘limdan qutilib qolishning yagona yo‘li bo‘lgan. 

Insoniyat o‘zining bir necha asrlik tarixi davomida ko‘plab ommaviy kasalliklarni boshidan kechirgan - vabo, o‘lat, qora chechak,  kuydirgi va boshqa va epidemiyalar shular jumlasidan. 

Yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina tayyorlash uchun bugungi kunda bir necha oy kerak bo‘lsa, oldin bir necha yillar va hatto asrlar kerak bo‘lgan. Muqarrar o‘limdan qutilib qolishning yagona yo‘li - kasal va sog‘ odamlarni bir-biridan ajratish bo‘lgan. 

Karantin so‘zi italiyada paydo bo‘lgan bo‘lib u "qirq kun" ma’nosini anglatadi. 14-asrda Yevropada qora o‘lat hukm surgan davrlarda Venetsiyaga xorijdan kelgan har bir kema 40 kun davomida shaharga kiritilmasdan chekkadagi orolda ushlab turilgan. Ushbu muddat davomida kasallanganlar aniqlanmagan taqdirda kema shahar portiga kirishiga ruxsat berilgan. 

Markaziy Osiyo madaniyatida ham 40 kun - o‘ziga xos xususiyatli muddat hisoblanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 40 kun chillada bo‘lishi, kishi vafot vafot etganidan so‘ng 40 kun o‘tib uni xotirlash marosimi o‘tkaziladi.  

Yangiliklar lentasi
0