O‘zbekistonda karantin rejimi 10-maygacha uzaytirildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMnogokvartirnie doma v Moskve
Mnogokvartirnie doma v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bugungi kunda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 1469 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 18 mapr - Sputnik. Butun dunyoda tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi tufayli O‘zbekiston hukumati karantin rejimini 10-mayga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

Illyustratsiya k romanu Robinzon Kruzo Danielya Defo  - Sputnik O‘zbekiston
Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi

Ammo respublika hududida koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va eng asosiysi mas’uliyatni chuqur his qilgan aholi tomonidan o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tganligi va "ijtimoiy masofalanish" tamoyiliga amal qilishi aniq samara berayotgani alohida ta’kidlab o‘tilgan.

"Amalga oshirilayotgan karantin tadbirlarining natijadorligi saqlab qolinishini ta’minlash maqsadida: Respublika maxsus komissiyaning 2020-yil 20-aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarkalishiga karshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz", - deyiladi maxsus komissiya xabarida.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 1469 nafarni tashkil qilmoqda.

Mirziyoyev kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga shifokorga murojaat etishni maslahat berdi >>>

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida 2020-yil 24-mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0