Karantin davrida O‘zbekiston barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan. Poytaxtdagi oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham nazoratda, aholi uchun hech qanday xatar yo‘q.
Toshkent bozorlaridagi tartibni huquqni muhofaza qilish organlari nazorat qilmoqda. Barcha xaridorlar ijtimoiy masofa saqlashi shart.
Bozorlarga kiraverishda dezinfeksiya tonellari o‘rnatilgan, barcha keluvchilarning temperaturasi o‘lchanmoqda.
Kiraverishda qo‘llarni ham antiseptik bilan zararsizlantirish shart.
Aytgancha, mahsulotlar qadog‘iga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Misol uchun, go‘sht mahsulotlari oldindan tortilib, alohida paketlarga joylashtirilmoqda.
Poytaxtdagi bozorlar qanday faoliyat yuritayotgani va bu hududlarda qanday xavfsizlik choralari ko‘rilayotgani to‘g‘risida Sputnik O‘zbekiston videosujetida tomosha qiling.