Birdamlik ramzi: O‘zbekiston Rossiyaga 5 million dona tibbiy niqob yubordi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishIzgotovlenie meditsinskix sredstv zashiti
Izgotovlenie meditsinskix sredstv zashiti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada virusdan kasallanganlar soni 37 ming nafarga yetgan, 313 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Moskvaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yetkazildi, yuk ortilgan samolyot Sheremetyevo aeroportiga kelib qo‘ndi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Do‘st kulfatda bilinadi: O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

"Sheremetyevo aeroportiga kelib tushgan yuklarda tibbiy niqoblar bor", - deb ta’kidladi hukumat rahbari o‘rinbosari Aleksey Overchuk kotibiyatida.

Rossiyaga yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash maqsadida jami besh million dona tibbiy niqob, shuningdek tibbiy dokalar topshiriladi. Sheremetyevo aeroportida insonparvarlik yordami ortilgan samolyotni O‘zbekiston elchixonasi va RF Iqtisodiy rivojlanish vazirligi vakillari kutib olishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada virusdan kasallanganlar soni 37 ming nafarga yetgan, 313 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0