O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdodagi to‘siqlarni bartaraf etishga kelishdi

Obuna bo‘lish
Videokonferensiya davomida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, global inqiroz hodisalarining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov bilan videokonferensiya orqali muloqot qildi.

Mustafayev Otabek - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIga qo‘shilish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir qiladi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirilishining joriy holati hamda ushbu sohadagi mavjud salohiyatlardan to‘liq foydalanish borasida istiqbolli choralarni muhokama qildilar.

Bu yo‘nalishda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ishlab chiqilayotgan mahsulotlarning o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish orqali tovar aylanmasini oshirish, qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi texnikalari, to‘qimachilik mahsulotlari va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalarida sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, mahsulotlarni uchinchi davlatlar bozorlariga sotish bo‘yicha asosli takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, shu jumladan, tadbirning kun tartibini investitsiya va savdo hamkorlik sohasidagi aniq takliflar bilan to‘ldirilishi muhokama qilindi.

Videokonferensiya davomida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, ikki mamlakat fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va global inqiroz hodisalarining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlari alohida muhokama qilindi.

Selskiy dom v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonga qishloqlarni rivojlantirish uchun qarz beradi

Videokonferensiya yakunida tashqi iqtisodiy idoralar rahbarlari darajasida doimiy ikki tomonlama o‘zaro munosabatlar mexanizmini yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu mexanizm yordamida tomonlar savdodagi to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha ekspert xulosalarini ishlab chiqishni hamda tovar aylanmasini yanada o‘sishini ta’minlash choralarini ishlab chiqishni davom ettiradilar.

Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy masalalarini videokonferensaloqaning muntazam sessiyalari formatida tezkorlik bilan hal qilishga kelishib oldilar.

Mazkur mexanizmni transport vazirliklari rahbarlari darajasida joriy qilinishi transport-logistika sohasidagi masalalarni tezkorlik bilan hal qilishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0