TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Davlat Dumasi Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi qonunni muhokama qilib, ma’qulladi.
Unga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza beruvchi shaxs chet davlatning vakolatli organiga, uning boshqa fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish talabi qonunchilikdan chiqarib tashlandi.
Shu bilan birga, fuqaroligi bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxslar uchun Rossiya Federatsiyasi hududida besh yil yashash va qonuniy manba mavjudligini tasdiqlash talabi bekor qilindi, agar bunday shaxslar SSSR fuqaroligiga ega bo‘lgan, SSSR tarkibiga kirgan davlatlarda yashagan va yashayotgan, shu davlatlar fuqaroligini olmagan bo‘lsa.
Rossiya hududida yashayotgan, Rossiya fuqarosi bilan nikohda bo‘lib, ular orasida farzandi bor bo‘lgan chet el fuqarolariga, shuningdek, ota-onasining bittasi Rossiya fuqarosi bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan besh yillik yashash va daromad manbaini tasdiqlash talabi bekor qilindi.
Rossiyada yashash guvohnomasiga (VNJ) ega bo‘lgan Moldova, Ukraina, Belarus va Qozog‘iston fuqarolariga Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish huquqi taklif etiladi. Bu fuqarolarga Rossiyada besh yillik yashash talabi shart emas.