O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 17.04.2020 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 17.04.2020 da Toshkent vaqti bilan 09:34 (17.04.2020 da 04:34 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Koordinatalar 41,02 gradus shimoliy kenglik, 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 214 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Namangan: 7 km, 4 ball; Andijon: 57 km, 2 ball; Farg‘ona : 71 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yangiliklar lentasi
0