TOSHKENT, 17 apr - Sputnik. Proteinlar, kletchatka va hayvon yogʻlari erkak kishi ratsionining eng muhim tarkibiy qismidir, deydi shifokor-diyetolog Aleksey Kovalkov "A pogovorit?" YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, diyetologlar oksilli ovqatni birinchi qatorga qoʻyishadi - "undan boshqa muhimroq narsa yoʻq". Shifokorning aytishicha, undan keyingi oʻrinda erkak jinsiy gormonlari tarkibiga kiruvchi hayvon yogʻlari turadi.
"Agar unga (erkakka – tahr.) hayvon yogʻlari yetishmasa va xotini uni faqat zaytun yogʻi bilan boqsa, u haqiqiy erkak boʻlolmaydi. Ular buni sezishadi, shuning uchun ular ogʻizlaridan kart yogʻi yoki goʻshtni tortib olib boʻlmaydi" - dedi shifokor.
Toʻqlik hissini beradigan kletchatka ham ovqatlanishda ajralmas hisoblanadi, deya qoʻshimcha qildi Kovalkov.