Budjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hukumat qarori (232-son, 16.04.2020 y.) qabul qilindi.

Bu yilgi haj mavsumiga tayyorgarlik epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha to‘xtatildi

Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlarida  ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razradlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, budjet tashkilotlarida:

- asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1-iyuliga qadar to‘xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartiriladi yoki 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;

- kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy budjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0