Urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning qarindoshlari qidirilmoqda

© Poiskoviy otrad "Obelisk"Pole Pamati v s. Znamenka
Pole Pamati v s. Znamenka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan Qizil armiya askari – Losev Nikifor Ivanovichning qarindoshlari qidirilmoqda.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Moskva “Obelisk” qidiruv otradi Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan askar – Losev Nikifor Ivanovichning qarindoshlarini qidirmoqda.

Nikifor Ivanovich 1906-yilda O‘zbekiston SSR Buxoro viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Urushgacha shu manzilda yashagan.

© Poiskoviy otrad "Obelisk"Poiskoviy otrad "Obelisk"
Urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning qarindoshlari qidirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Poiskoviy otrad "Obelisk"

Qizil Armiya oddiy askari unvonida G‘arbiy front 10-armiyasining 67- o‘q otarda polkida xizmat qilgan. Ammo 5-sentabr kuni u jiddiy kasallikdan vafot etdi. Smolenks viloyati Ugran tumani Znamenka qishlog‘ida Xotira dalasida dafn etildi.

Shunga o‘xshash holat aprel oyida Rostov viloyati “Zov serdsa” qidiruv otradi Ulug‘ Vatan urushi yillarida Rostov viloyatida halok bo‘lgan 33 o‘zbekistonlik askarning qarindoshlarini qidirgandi.

Frontda halok bo‘lganlar ro‘yxatida – Toshkent, Farg‘ona,Namangan, Buxoro, Samarqand, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan askarlar qayd etilgan. Askarlar barchasi Rostov viloyatida halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0