TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bahrom Ashrafxonov Toshkent shahridan Boku shahriga yetib keldi.
Ashrafxonov 2005-2007 yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya elchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2018-2019 yillarda “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan.
O‘tgan yilning sentabrida u Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlangan edi.