TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bugun, 15-aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Ma’lum qilinishicha, sog‘aygan bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol. Tuzalganlarning eng yoshi kattasi 51, eng kichigi esa 10 yoshda.
Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari Turkiyadan, yana bir nafari esa Rossiyadan Toshkentga charter reysi bilan kelishgan. Qolgan besh nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.