Iqtisod

Oʻzbekistonda dizel yonilgʻisi narxi deyarli 2 ming soʻmga arzonlashdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov /  / Mediabankka oʻtishZapravщik vozvraщayet zapravochnыy pistolet v slot
Zapravщik vozvraщayet zapravochnыy pistolet v slot - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Oʻzbekneftgaz” dizel yonilgʻisi narxi 14 aprel kunidan 5600 soʻm etib belgilanishi haqida xabar qildi.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 14 apreldan dizel yonilgʻisining bir litri 5600 soʻmdan sotiladi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, soʻnggi uch oy davomida uning narx deyarli 2 000 soʻmga arzonlashtirilgan.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
“Oʻzbekneftgaz”: 1 martdan boshlab dizel yoqilgʻisi narxi pasaytirildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yonilgʻisi bir litrining birjalardagi narxlari 2020 yilning yanvar-fevral oylari (2019 yil davomida oʻrtacha 7300 soʻm) davomida 7500 soʻmlik qiymatni saqlab qolgan edi.

Joriy yilning mart oyida esa dizel yonilgʻisi bir litrining birjalarda eʼlon qilingan narxi 7089 soʻmgacha pasaytirilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekistonda AI-91 markali benzin narxi arzonlashtirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0