Hunarmandlarga - katta imtiyozlar

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu hujatda hunarmadchilik bilan shug‘ullanuvchi fudarolarga qator imtiyozlar berish nazarda tutilgan. Xususan bir qator soliq imtiyozlari va kreditlar ajratish, jumladan davlatga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish maqsadlarida ham.

Loyihada hunarmandchilik turlari sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan: ganch o‘ymakorligi, gilamchilik, gazlamachilik, tosh o‘ymakorligi, miniatura, tasviriy san’at va naqqoshlik, temirchilik, kosibchilik, milliy liboslar va yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, musiqa aspoblari yasash, kulollik, chinnisozlik, zargarlik, milliy o‘yinchoqlar va suvenirlar yasash va boshqa hunarlar.

Yangi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga 9-aprel kuni joylashtirildi. Qonun loyihasini muhokama qilish 24-aprelga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0