TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 16-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi 427,64 so‘mga ko‘tarilib, 10 121 so‘mni tashkil qildi.
© Press-slujba SB UzbekistanaKursi valyut s 16-aprelya 2020 goda
Kursi valyut s 16-aprelya 2020 goda
Yevro esa birdaniga 512,16 so‘mga qimmatlashdi va 11 111,85 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 7,26 so‘mga ko‘tarilib, 138,69 co‘mni tashkil qildi.
Qayd etish joizki, Markaziy bank bir hafta davomida ikkinchi marta xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.