TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Diplomatlar Moskvada reysini kutayotgan o‘zbekistonliklar yordam ko‘rsatdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 14-aprel kuni o‘z reysini kutayotgan 158 nafar O‘zbekiston fuqarosiga dori-darmonlar va gigiyena vositalari yetkazib berilgan. Ular Rossiyadagi diplomatlar mablag‘lari evaziga xarid qilingan.
© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RFLekarstva kuplennie sotrudnikami posolstva respubliki Uzbekistan v RF dlya svoix sootechestvennikov
Lekarstva kuplennie sotrudnikami posolstva respubliki Uzbekistan v RF dlya svoix sootechestvennikov
© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RF
Eslatib o‘tamiz, Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar yotoqxonaga joylashtirilgan. Ularni Rossiyadan olib ketish masalasi 20 aprelgacha qoldirilgan.