Buxoroda ikki yigit fuqaroning “Captiva” va “Ford Tranzit” mashinasini yoqib yubordi

Obuna bo‘lish
G‘ijdivon tumanida ikki yigit kir yuvish kukuni savdosi masalasida kelishmovchilik sabab fuqaroning ikkita mashinasiga o‘t qo‘yib yubordi.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Buxoroda ikki yigit fuqaroning “Captiva” va “Ford Tranzit” mashinasini yoqib yubordi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 13-mart kuniga o‘tar kechasi 22 yoshli I.J. o‘zining 21 yoshli tanishi Z.J. bilan G‘ijduvon tumani “Bo‘lakiyon” mahallasida yashovchi 61 yoshli G‘.T.ning “Captiva” va “Ford Tranzit” avtomashinalari ustiga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan. Bunga oldindan kir yuvish kukuni savdosi masalasida o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanPodjog avtomobiley v Buxarskoy oblasti
Buxoroda ikki yigit fuqaroning “Captiva” va “Ford Tranzit” mashinasini yoqib yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Podjog avtomobiley v Buxarskoy oblasti

Jinoyatchilar fuqaroga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

© Sledstvenniy departament pri MVD Respubliki UzbekistanPodjog avtomobiley v Buxarskoy oblasti
Buxoroda ikki yigit fuqaroning “Captiva” va “Ford Tranzit” mashinasini yoqib yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Podjog avtomobiley v Buxarskoy oblasti

Holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0