TOShKENT, 15 apr — Sputnik. 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
Bu Hukumatning “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risidagi” qarorida belgilangan.
Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021-yil 1-fevraldan markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
Qaror bilan yangi aksiz markalari namunalari va tavsiflari tasdiqlandi.