TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda firibgarlar o‘zini yakkalash tartibini buzganlik uchun jarima haqida SMS xabarnoma jo‘natmoqda. Bu haqda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ogohlantirdi.
“Masalan, muayan sana yoki geojoylashuv nuqtasi koordinatlarini ko‘rsatib «Siz karantin qoidasini buzdingiz, endi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 moddasiga muvofiq BHMning besh baravarigacha miqdorda jarima to‘laysiz” degan mazmunda jarimani uydan to‘lash ham mumkinligini ta’kidlab to‘lov uchun karta raqami ko‘rsatilgan SMS xabarnoma jo‘natish holatlari ham uchrab turibdi”, - deyilgan xabarda.
“O‘zkomnazorat” fuqarolarni bu kabi yolg‘on xabarlarga aldanmaslikka, hech qachon elektron hisobdagi mablag‘lar yoxud turli maxfiy kodlar haqida begona shaxslarga ma’lumot bermaslikka chaqirgan.
Bu kabi holatlar kuzatilganda SMS-xabarnomani o‘chirib tashlash, telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lganligi haqida 102 raqami orqali huquq-tartibot idoralariga xabar berishni tavsiya etiladi.