O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yicha Toshkent MDHda birinchi o‘ringa chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoldat s avtomatom v odnoy iz ulis Tashkenta
Soldat s avtomatom v odnoy iz ulis Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish indeksi 4,4ga teng. Bu ko‘chada deyarli hech kim yo‘q deganini anglatadi. Ayni damda ushbu indeks Moskvada 3,1, Minskda 1,6, Nur-Sultonda 3,4ga teng. 

TOShKENT, 14 apr - Sputnik. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yida Toshkent MDHda birinchi o‘ringa chiqdi, deb xabar qilmoqda Koronavirus Info telegram kanali Yandeksga tayangan holda. 

"Ayni vaqtda MDH davlatlari orasida o‘z-o‘zini izolyatsiyalash Indeksining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilmoqda (4.4 ball). Hukumat sa’y-harakatlari va fuqarolar hamjihatligi bilan deyarli 100% o‘z-o‘zini izolyatsiyalash ta’minlangan", - deyilgan xabarda. 

Yandeks izohiga ko‘ra, 4,4 indeksi - ko‘chada deyarli hech kim yo‘q deganini anglatadi. Hozir Moskvada ushbu indeks 3,1 ko‘rsatgichga teng, Minskda 1,6, Nur-Sultonda 3,4ga teng

Yana bir bor eslatib o‘tamiz, JSST tavsiyalariga ko‘ra, o‘z-o‘zini izolyatsiyalash COVID-19ga qarshi kurashda eng samarali usul hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0