O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 900ga yaqinlashdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha 12-aprel kuni Respublika bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 98 kishiga oshgan, tuzalib ketganlar soni 24 kishini tashkil qilgan.

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Koronavirus Info telegram kanali.  

"2020 yil 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 896 nafarni tashkil qilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Kecha 12-aprel kuni soat 23:00 holatiga O‘zbekistonda aniqlangan yangi bemorlari jami soni 98 kishini tashkil qilgan edi. Shuningdek, Toshkent, Buxoro va Xorazmda davolangan bemorlarning 24 nafari tuzalib, sog‘ayganlar soni 66 kishiga yetdi. Vafot etganlar soni 4 kishini tashkil qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida 13-aprel soat 06:00dan boshlab, fuqarolarning ko‘chaga chiqishi deyarli butunlay taqiqlanadi. Faqat yuz metr masofadagi savdo nuqtalariga kuniga bir marta chiqishga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0