Toshkentdagi ko‘chma bozorlar faoliyati o‘rganildi

© Mansur AbdusattarovPredstaviteli Narodnoy priyemnoy izuchili deyatelnost peredvijnix rinkov, organizovannix v stolitse
Predstaviteli Narodnoy priyemnoy izuchili deyatelnost peredvijnix rinkov, organizovannix v stolitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Xalq qabulxonalari mas’ul vakillari poytaxtda tashkil qilingan ko‘chma bozorlar faoliyatini o‘rgandilar.

Virtual qabulxona qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markazida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda haftaning hamma kuni tunu-kun uzluksiz ish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmoqda.

Aholi uydan chiqmagan holda telefon orqali ham Xalq qabulxonalariga murojaat qilishi mumkin. Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish uchun qabulxonaga kelgan murojaatchilar bilan videokonferensaloqa tizimi vositasida muloqot qilish, Xalq qabulxonalari oldida o‘rnatilgan maxsus qutilarga murojaatni qoldirish imkoniyatlari ham yaratildi. Qabulxonaga kelgan har bir murojaatchi tibbiyot xodimlari tomonidan zarur tekshiruvlardan o‘tkazib, zarur dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Karantin sharoitida asosan masofaviy faoliyat rejimiga o‘tkazilgan Xalq qabulxonalariga 15-martidan 3-apreliga qadar 5 ming 848 murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shuning 2 ming 21 tasi yoki 74,7 foizi qanoatlantirilgan.

© Mansur AbdusattarovPredstaviteli Narodnoy priyemnoy izuchili deyatelnost peredvijnix rinkov, organizovannix v stolitse
Toshkentdagi ko‘chma bozorlar faoliyati o‘rganildi - Sputnik O‘zbekiston
Predstaviteli Narodnoy priyemnoy izuchili deyatelnost peredvijnix rinkov, organizovannix v stolitse

Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida sektorlar rahbarlari hamda boshqa idora va tashkilotlarni jalb etgan holda oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yildi.

Yunusobod tumanida har kuni yuk mashinalariga aholi ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlanib, belgilangan grafik asosida tumandagi 63 ta mahallada ko‘chma bozorlar tashkil qilinmoqda.

Yunusobod tumani “Uvaysiy” mahallasida 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Karantin davrida mahallaning o‘zida ko‘chma bozor tashkil qilinayotgani esa hozirgi murakkab vaziyatda aholi uchun nihoyatda katta qulaylik. Ular o‘z uylaridan uzoqqa chiqmay zarur mahsulotlarni maqbul narxlarda xarid qilmoqda.

Markaz-6 mavzesi Minor mahallasida tashkil etilgan yarmarka ham aholining uzog‘ini yaqin og‘irini yengil qilmoqda. Mahsulotlar savdosi karantin talablari asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “Tiklanish”, Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahallalarida ham aholi uchun tashkil qilingan ko‘chma bozorlarda zarur oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlar asosida yetkazib berilmoqda.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – boquvchisini yo‘qotganlar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan insonlardan tibbiy-ijtimoiy, moddiy yordam ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalarida kelib tushayotgan murojaatlarga birinchi navbatda e’tibor qaratilib, ularni qisqa fursatlarda mutasaddi davlat tashkilotlari ishtirokida hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, karantin davrida elektr energiyasi, gaz, suyultirilgan gaz, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa xizmatlari yuzasidan yo‘llanayotgan murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda va aniqlangan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0