Rossiya G‘arbiy harbiy okrugiga kiruvchi 1-tank armiyasi qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kisel aprel oyida Taman motorlashgan o‘qotar diviziyasiga yangi takomillashtirilgan T-90M "Proriv" tanklari olib kelinganini ma’lum qildi.
“Aprel oyida Taman motorlashgan o‘qotar diviziyasiga bir nechta T-90M tanklari yetib keldi. Bu mutlaqo yangi mashina, ular yangi minora, yanada kuchli dvigatel bilan jihozlandi. Tanklar kunning istalgan vaqtida ishlatishga imkon beruvchi yangi ko‘p kanalli nishonga olish uskunasi bilan jihozlangan", - deya Kiselning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Generalning ta’kidlashicha, takomillashtirilgan T-90Mning asosiy xususiyatlaridan biri bu real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan ma’lumot almashishdir.
Sputnik radiosi efirida MGIMO Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, tarix fanlari doktori Aleksey Podberozkin jangovar mashinalarga baho berdi.
“Bu 1990-yilda yaratilgan eng yaxshi sovet tanklari seriyasidir, keyinchalik ularning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan, hozirda qayta tiklandi. T-90M – bu, shu jumladan, aktiv zirhli himoyaga ega eng zamonaviy tanklar. Boshqa barcha ko‘rsatkichlar zamonaviy T-72 tanklarining modellari darajasida. Ba’zi T-90 tanklari shu darajagacha takomillashtirilmoqda, ba’zilari modernizatsiyasiz xizmatda qolmoqda. Hozirgi vaqtda T-90M boshqa muqobilini ortda qoldiradigan eng yaxshi zamonaviy tank deb tan olinadi, O‘ylaymanki, keyingi yillarda ularni takomillashtirish davom etadi", - deydi Aleksey Podberozkin.