TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan yana 19 nafar bemor shifo topdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.
Shu tariqa, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanib tuzalib ketganlar soni 61 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 833 kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 4 nafari vafot etgan.