Yana 29 kishida COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 nafarga ko‘paydi. Kasallanganlar soni 796 taga yetdi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqi saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“2020 yil 12-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan 42 kishi butunlay tuzalib ketgan. To‘rt kishi esa virus qurboniga aylandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb tan oldi. 12-aprel holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1,7 milliondan ziyod kishini tashkil etmoqda. Ushbu infeksiyani 405 791 kishi yengishga muvaffaq bo‘lgan. 108 mingdan ziyod kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0