Kattaqo‘rg‘on shahrida gaz portladi: qurbonlar bor

© Press-slujba OVD Samarkandskoy oblastiVzriv gaza v gorode Kattakurgan
Vzriv gaza v gorode Kattakurgan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kattaqo‘rg‘on shahridagi ikki qavatli uylarning birida is gaz siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘ldi. Natijada ikki nafar fuqaro vafot etdi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Samarqand viloyatning Kattaqo‘rg‘on shahridagi ikki qavatli uylarning birida gaz portladi.

Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, portlash 12-aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Bobur ko‘chasidagi ikki qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan.

“Chaqnash oqibatida ikki nafar fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Besh nafar fuqaro esa turli tan jarohatlari bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0