TOShKENT, 11 apr - Sputnik. 2020-yil 11-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 729 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Tuzalganlar soni 42 nafarni tashkil qilgan. Uch nafar bemor vafot etgan, 13 nafari og‘ir ahvolda.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan COVID-19 yuqtirgan bemorlarni davolash uchun 500 ta sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi (IVL) apparatini sotib oldi.
Dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi holati
Johns Hopkins University ma’lumotiga ko‘ra, dunyo miqyosida 1 699 019 kishi koronavirusdan zararlangan, 102 782 kishi vafot etgan, 376 976 nafar bemor sog‘aygan.