O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi
Otkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adib 1997-yilda "Shuhrat" medali, 2011-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan...

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 73 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.

"Bugun O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Anvar Obidjon olamdan o‘tdi. Uyushma jamoasi, a’zolari uning oilasi, yaqinlari va adabiyot muxlislariga hamdardlik bildiradi. Marhumni Alloh rahmatiga olsin", - deyiladi bildirishda.

Gullar - Sputnik O‘zbekiston
Og‘ir judolik: O‘zbekiston taniqli adibidan judo bo‘ldi

O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli adib Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan.

ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

"Ona yer", "Akang qarag‘ay Gulmat", "Masxaraboz bola", "Yerliklar", "Meshpolvonning janglari", "Alamazon va Gulmat hangomasi", "Ajoyibxona", "Oltiariq hangomalari", "Odobli bo‘lish osonmi?", "Tanlangan she’rlar", "O‘g‘irlangan pahlavon", "Bahromning hikoyasi" kabi doston, qissalar, she’rlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifidir.

Uning "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi", "Topsang hay-hay", "Qorinbotir", "To‘tiqul" kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adib 1997-yilda "Shuhrat" medali, 2011-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan...

Yangiliklar lentasi
0