TOShKENT, 11 apr - Sputnik. Tojikistonda "O‘zbekqishloq" viloyat kasalxonasida Jabbor Rasulov tumanidan bo‘lgan va vaqtincha koronavirus bo‘yicha karantinda saqlangan erkak vafot etdi.
Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra, ushbu ma’lumot Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligining koronavirusning oldini olish bo‘yicha shtab rahbari, vazir o‘rinbosari Mirxamuddin Kamolzoda tomonidan tasdiqlangan.
Kamolzoda so‘zlariga ko‘ra, Jabbor Rasulov tumanida yashagan Hojimuhammad Toshev 11-aprel kuni yurak ishemiyasi kasalligidan vafot etgan. Erkak ikkinchi darajali gipertoniyadan aziyat chekib kelgan.
Jabbor Rasulov tumani maorif bo‘linmasining metodist kabineti mudiri bo‘lgan Hodjimuxammad Toshev o‘z rahbari Abdujalil Shodiyev bilan aloqada bo‘lgan.
Abdudjalil Shodiyev, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1-aprel kuni ikkiyoqlama pnevmoniyadan vafot etgan Xabibullo Shodiyevning akasi.
Abdujalil Shodiyev akasining vafotidan so‘ng karantinga olingan bo‘lgan.
"Biz barcha fuqarolarni asossiz mish-mishlarga ishonmaslikka, rasmiy xabarlarga, shu jumladan, Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligi tarqatayotgan xabarlarga tayanishlariga chaqirib qolamiz", - degan Kamolzoda.
Tojikistonda shu vaqtga qadar birorta koronavirusga chalinish holati qad etilmagan.