TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Prezident Vladimir Putinning sog‘lig‘i a’lo darajada, deya axborot berdi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Birinchi kanalda namoyish etiladigan "Bolshaya igra" dasturi davomida.
"Siz bunga ish tartibi orqali guvoh bo‘lib turibsiz", - deb qo‘shimcha qildi u.
Peskovning aytishicha, barcha muloqotlar hozirda videoanjumanlar formatida o‘tkazilmoqda, tadbirlar soni odatiy kunlardagidan ham ba’zan ko‘proq o‘tmoqda.
"Shu bois, tabiiyki, yanada jadal ishlashga to‘g‘ri kelmoqda", - dedi Peskov.