O‘zbekistonga Eron hududidan nam, lekin iliq havo kirishni boshlaydi

© Sputnik / Oleg SmerechinskiyLyudi pod dojdem
Lyudi pod dojdem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni respublikaning ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Keyingi hafta boshida nobarqaror, ayrim joylarda shamolli ob-havo saqlanib turadi.

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Shanba kuni O‘zbekistonga Eron hududidan nam, lekin iliq havo kirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Gidrometeorologiya markazi.

Ustanovka opor dlya vozdushnoy linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Kuchli shamol va xo‘l qor O‘zbekistonning bir qismini elektr tokidan mahrum qildi

Kecha mamlakat hududi ustidagi antisiklon quyosh nurlariga havoni isitish imkonini bermagan bo‘lsa, bugun termometr ustunchasi yuqoriga tez ko‘tarilib, soat 10 da kechagi harorat maksimumidan ham o‘tib ketdi.

Bugun harorat 13-18 darajagacha iliydi va butun respublikada ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi.

Shanba kuni respublikaga Eron hududidan nam, lekin iliq havo kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati kechasi 5-8, kunduzi 17-22 darajagacha ko‘tariladi.

Rassvet v Arktike - Sputnik O‘zbekiston
Antarktidadagi Ukraina stansiyasini "qonli qor" qopladi - foto

Yakshanba kuni respublikaning katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shiddat bilan esganda 23-28 m/s gacha yetadi.

Keyingi haftaning boshida O‘zbekistonda nobarqaror, ayrim joylarda shamolli ob-havo saqlanib turadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan tashqari boshqa hududlarda yomg‘ir, ba’zi joyda jala yog‘adi. Kunduzgi harorat 3-5 darajaga pasayadi.

12-14 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0