Yo‘lboshchi yuzlab yillar oldin odamlar qanday yashagani haqida gapirganda, odatda, ko‘z oldingizda o‘tmishning yorqin lavhalari paydo bo‘ladi. Qaniydi shularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rsam, deb o‘ylaydi kishi. Buratiyada esa o‘tmish haqiqatda ko‘z oldingizda paydo bo‘ladi. RIA Novosti muallifi Irina Ovchinnikova materialida.
Nega lama qush kabi uchmaydi?
"Sen atigi 75-yil umr ko‘rasan, uzaytirishin kerak, - deydi Atsagat datsanilik Tarba Lama Dorjiyev. - O‘rmonga bor, chumolilarni qora non ber". Uning ohangida aniqlik sezilmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, menga o‘hshagan, aniq so‘rovlarlari yo‘qlari kam. Kvartirani qayerdan sotib olishni so‘rashadi, to‘ydan oldin ularga maslahat olishadi - mosligini tekshiradilar. So‘nggi paytlarda tobora ko‘proq rus ayollari, musulmonlar kelmoqda.
"Buddizm bu din emas, balki ta’limot, shuning uchun bunda ishonishlik majbur emas, - deya tushuntiradi Dorjiyev. - Men doim aytaman: quyosh hammaga bir xil nur sochadi".
Lama-faylasuf sifatida (ular tabib, munajjim, tasviriy san’atda mahsus bilmga ixtisoslashgan bo‘ladilar) u ma’ruzalar o‘qiydi. "Mendan g‘ayritabiiy biror narsa ko‘rsatishni so‘rashadi, hamma mo‘’jiza istaydi, ular bo‘lmaydiku. Ustiga ustak, men uchib ketsam, bundan barcha qo‘rqib ketardi”, - deya qo‘shib qo‘ydi Dorjiyev mug‘ombirona tabassum bilan.
Mo‘g‘ullar sovg‘asi
Atsagat datsani - Buddist universiteti-monastiri - mamlakatdagi eng qadimiylaridan biri. Aytishlaricha, unga bo‘lajak imperator Nikolay II Buratiyaga kelganida tashrif buyurgan.
Norin-Atsagat qishlog‘ida yana bir diqqatga sazovor joy bor - Tibetning diniy va dunyoviy yetakchisi Dalay-lama XIII ning (1876–1933) yettita ustozidan biri bo‘lgan Agvan Dorjiyevning uy-muzeyi. Ko‘rimsiz kulba bu yerda bo‘lgan barcha buddistlarni hijolatga soladigan narsani yashiradi. Dorjiyev va uning shogirdining mum haykalidan tashqari Dalay-lama XIV haykali ham bor.
Hali tirik bunday tarzda tasvirlash mumkin emas, ammo Mongoliyadagi yosh ustalar Dalay-Lamalar bittadan ko‘p deb o‘ylamaganlar. Va ular o‘zlari taniganini - hozirgi kunda tirigini haykalini yasadilar.
DORJIYeV DIPLOMAT, USTOZ, JAMIYaT ARBOBI. BUNDAN TAShQARI U SANKT-PETERBURGDA YeVROPADAGI BIRINChI BUDDISTLAR IBODATHONASINI QURILIShINING TAShABBUSKORI.
"Bir safar Sankt-Peterburg maktablari direktorlari kelganida men ularga datsan Malaya Nevka darosi sohilida joylashganini aytdim. Ular - u yerda daryo yo‘q, metro bor! – deb eslaydi yo‘lboshchi Irdini Dara Batmayevna. - Keyin men o‘zim borib, ishonch hosil qildim - chindan ham daryo yo‘q".
O‘tovdagi kommunizm
"Havoga zanjirni tashlab, havodaligida uyumdan iloji boricha ko‘proq alchiklarni (suyaklarni) o‘zingizga siljitishingiz kerak. Eplay olmadizmi? Bir poda qo‘y yutqazdim hisoblayvering”, - deb stol o‘yini qoidalarini tushuntiradi yo‘lboshchi etnik majmuada.
"Cho‘l ko‘chmanchisi" da (Atsagatdan o‘n daqiqalik masofada) mo‘g‘ullarning qanday yashaganini ko‘rish va milliy kiyimlarni kiyib ko‘rish mumkin. O‘tov ichida huddi birov yashayotganday va egalari bir ozga tashqariga chiqqanday. Markazda o‘choq, chap yarmi odatda ayollarniki, o‘ng yarmi erkaklarniki va ikki bo‘lak birlashgan joyida ibodat joyi. Har bir mehmon kirishi bilan u yerga darhol o‘tishi kerak.
Biz buratga aylanamiz - biz "Yoxor" halq raqsiga qo‘shiqlar bilan raqsga tushamiz. So‘zlarni tushunib bo‘lmaydi, lekin quvnoqqa o‘hshaydi, bir necha bor "Komsomol" va, ehtimol, "elektrifikatsiya" so‘zlari quloqqa chalinganday eshitiladi. Men hazillashapsizmi deb so‘rayman? Yo‘q, deydi ular, bu haqiqat, sovet davridan shunday milliy qo‘shiq.
XX asr boshlarida cho‘l ko‘chmanchilari makon topib, kulbalarda yashay boshladilar. Oddiygina, faqat pechka, o‘tovdagi kabi o‘rtada.
Rossiyadagi Tibet buddizmi
Rossiyaning Buddist an’anaviy Sangxasining asosiy datsani - Ivolginskiy - Buratiya poytaxti Ulan-Ude shahridan 30 kilometr narida joylashgan. Bu yerda o‘nga yaqin ibodathona bor. Har birining ichida – qator-qator ustunlar bor zallar, tomlari xitoycha uslubda egilgan. Garchi Buratiyada buddizm boshqacha, Osmonosti davlat (Xitoy), Tayland yoki Vyetnamdegiga o‘xshamaydi. Bu "sariq rangli" deb nomlanadigan o‘ziga hos Tibet an’anasi. Unda alohida e’tibor odob-axloq, monaxlik intizomi va falsafaga qaratilgan.
ibodatxonalarning birida Xambo-lama Itigelovning boqiy tanasi saqlanadi. Afsonaga ko‘ra, 1927-yilda Sharqiy Sibir buddistlarining rahnamosi nirvanaga cho‘kdi. Endilikda minglab dindorlar uning oldiga so‘rash uchun va, asosiysi, eng muhim ishlar haqida bilish uchun kelishadi. Javob yuzning deyarli sezilmaydigan harakati bo‘ladi, deb hisoblanadi. Hech kim ular ko‘rgan narsalar haqida gapira olmaydi - tabassum yoki qoshlarining izn bermaydigan harakati.
O‘zi bilan o‘zi
"Yana men shunday zamonlar shohidi bo‘lganmanki, oilalilarning uyiga kirib, bir krujka suv so‘raysiz, ichib bo‘lib va panjaradan chiqishingiz bilanoq idishning sinishi ovozi eshitiladi. Ular begonalardan keyin idishni yuvishmagan - kasalliklardan juda qo‘rqishgan", - deydi Valentin, mahalliy sayyohlik agentligi xodimi, Tarbagatayga - staroobradchilar qishlog‘iga yo‘l-yo‘lakay ketayotib.
Oilalilar (semeyskie) deb, XVIII asrda, Rech Pospolitaya parchalanishidan keyin, Zabaykalyega ko‘chirilib kelganlarni nomlangan (ular katta oila bo‘lib kelishgan).
"Parchalanishdan keyin yuz yil, biz Polshada bo‘ldik, ammo Yekaterina II bizni uzoq o‘lkaga yuborishga qaror qildi, - deb cherkov ruhoniy Sergiy ota bizni kutib oldi. - Keyin yaxshi yashadik, inqilobdan oldin qishloqda beshta cherkov va sobor bor edi. Unda 1934-yildan hozirgi kungacha kasalxona joylashgan".
U ikki barmoqli va uch barmoqli cho‘qinishni, sakkiz qirrali xochlarni tushuntiradi, qo‘lozma kitoblarni ko‘rsatadi. U qat’iy ravishda: "Bizda ruhoniylarga ruxsat etilmagan narsa juda ko‘p, aks holda inoyat yo‘qoladi".
Ammo uning tashabbusi bilan tashkil etilgan tarix va madaniyat muzeyida Sergiy ota eksponatlarning suratga olishni so‘raydi, 300-yillik shamolchilar va urug‘ ekuvchilarni, shuningdek, mahalliylarning kiyimlarini g‘urur bilan namoyish etadi. Ular juda yaxshi saqlangan, ranglari juda yorqin - bu matolar Xitoydan yaqin atrofda o‘tgan savdo yo‘li orqali keltirilgan. Darhaqiqat, bu yerdagilar, yuqori did bilan yaxshi yashashgan.
Staroobradchi bilan turmush qurish
"Bizda to‘yga mehmonlar chaqirilmagan, yosh kelin-kuyov uyma-uy shirinliklar tarqatib yurishgan, - deb so‘zlab beradilar Desatnikovo qishlog‘idagi «V gostax u semeyskix” markazida. – Shuning uchun, qo‘shnilar tugashi bilan bayram ham tugardi".
Bu yerda, haqiqiy hovlida, mahalliy staroobradchilar qanday yashaganliklari (va yashashni davom ettirayotgan) namoyish etiladi. Ammo endi an’anaviy to‘ylar yo‘q, yoshlar shaharlarga ketib qolyaptilar. Qariyalar esa Polshada yashagan ota-bobolarining qo‘shiqlarini kuylashadi, sayyohlar uchun marosimlarni namoyish qiladilar, pechda yoki ochiq olovda pishirilgan taomlar bilan mehmon qilishadi.
Shuningdek suyuq holva taklif qiladilar – nonga murabboni surtish kabi juda qulay. Qadimgi retsept uzoq vaqtdan beri qo‘llanilmaydi - do‘konda sotib olinadi. Faqat suv hammomida eritib, asal qo‘shib qo‘yish kifoya. Desatnikovo Buratiyaning eng go‘zal qishlog‘i hisoblanadi va ko‘pincha Rossiyaning shunga o‘xshash reytinglariga kiradi. Ammo rang-barang bo‘yalgan rom chaspagli kulbalar tez orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
"Tobora ko‘proq odamlar uy fasadlarini plastik bilan qoplashmoqda - ularni yilda ikki marta bo‘yash shart emas, chunki bizda hammasi quyoshda tez o‘ngib ketadi, - deydi Lyubov Plastinina, staroobradchilar markazi rahbari. - So‘nggi o‘n yil davomida men hokimiyatdan bo‘yoqlar taqdim qilishlarini so‘rab kelaman, hozircha natija yo‘q".
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyadan oldin ko‘proq xitoyliklar, ko‘plab nemislar, yaponiyaliklar Desatnikovoda an’anaviy turmush tarzini ko‘rgani kelardi. Rossiyaliklar - 20% atrofida.
Doimiylik shamoli
Baykal ko‘lining sharqiy qirg‘og‘ida kamida yana bitta nuqta bor, u yerda o‘tmishga yana bir bor nazar tashlash mumkin. 1682-yildan beri rus elchixonasi a’zolarining mahalliy mo‘g‘ullar tomonidan o‘ldirilgan joyida Posolskiy Spaso-Preobrajenskiy monastiri joylashgan.
Cherkovda Cho‘qintiruvchi Avliyo Ioann, Nikolay Sehrgar va boshqalarning qoldiqlari solingan quti bor - bu keksa italiyalik ayolning sovg‘asi. «U nega bizga bunchalik e’tibor qaratishga qaror qilganini tushunmayman,-deydi Luka ota. - Aytishlaricha, uning o‘g‘li diplomat, bizning esa ushbu faoliyatga aloqamiz bor".
Ziyoratchilar uchun mehmonxona ham mavjud. Lekin odamlar bu yerga asosan yozda - shamol unchalik kuchli va sovuq bo‘lmaganda keladilar.
* Materialni tayyorlashda yordam bergani uchun Buratiya Respublikasi Axborot siyosati qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiramiz.