TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat migrantlari uchun onlayn tarzda qisqa muddatli ko‘niktirish va o‘qish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston hududida koronavirus pandemiyasi sababli e’lon qilingan karantin munosabati bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketishi rejalashtirilgan fuqarolarga jo‘nashlaridan oldingi ko‘niktirish va o‘qitish jarayonlari uchun "telegramm ilovasi" orqali Ko‘niktirish va o‘qitish nomli onlayn guruh tashkil etildi.
Ushbu telegram guruhda, Xorijga tashkiliy yuborilishi rejalashtirilgan fuqarolarga kerak bo‘ladigan tavsiyalar, ma’lumotlar, texnika xavfsizligi, xorijiy davlatlar madaniyati, tili va boshqa kerakli mavzular bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirib boriladi.