Artikxodjayev Toshkentda uyini ijaraga berayotganlarga murojaat qildi

© Ramiz BaxtiyarovJaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuni bilingki, bu kunlar unutiladi, ammo yaxshilik unutilmaydi, deb yakun yasagan Artikxodjayev o‘z murojaatiga.

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev poytaxtda uyini ijaraga beradigan fuqarolarga murojaat qilib, koronavirus tufayli yuzaga kelgan murakkab bir sharoitda sabrli bo‘lishga chaqirdi.

Nasilie - Sputnik O‘zbekiston
BMT karantinda uydagi zo‘ravonlikka e’tibor berishga chaqirdi

"Bugungi kun barchamiz uchun sinov. Ana shunday sinovli kunlarda barchamiz bir-birimizni har qachongidanda ko‘proq qo‘llab-quvvatlab, yordamimizga muhtoj kishilarga qo‘l cho‘zishimiz, og‘irini yengil qilib, ko‘mak berishimiz kerak.

Kuch birlikda! Bugun bir bo‘lib, jipslashib, dunyo gardaniga tushgan dardni yengishimiz shart.

Shahrimizda ijarada yashayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida olis manzildan kelib yashayotganlar ham bor. Ular bugun karantin qoidalariga rioya qilgan holda, o‘z oilalari bag‘ridan uzoqda, ijara uylarda yashashmoqda. Ular orasida karantin sababli, vaqtincha ishlamayotganlari ham bor. Bunday sharoitda albatta, ularga oson tutib bo‘lmaydi. Bir tomondan ijara pulini to‘lash, bir tomondan oilalarini ehtiyot qilish, ro‘zg‘or tebratish mas’uliyati yelkalarida turibdi.

Shu bois, men ijara beruvchilarga shunday sinovli kunlarda sabrli bo‘lib, ularning holatini to‘g‘ri baholashlarini, ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini so‘ragan bo‘lardim. Vaqtinchalik to‘lanmagan ijara haqqi esa keyinchalik to‘lab berish sharti bilan ijarada turuvchi fuqarolarga taqdim etilsa, fikrimcha, adolatli bo‘ladi. Sinovli kunlarda o‘zaro ishonch, hamjihatlik ham juda muhim", - deyiladi Toshkent hokimi murojaatida.

Shuni bilingki, bu kunlar unutiladi, ammo yaxshilik unutilmaydi, deb yakun yasagan Artikxodjayev o‘z murojaatiga.

Yangiliklar lentasi
0