O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 38taga yetdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishBolnitsa v Kommunarke dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Bolnitsa v Kommunarke dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana sakkiz nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 38taga yetdi, deb xabar qildi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

2020 yil 9-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.

Tuzalganlar soni 8 taga oshdi. Ular Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda >>>

COVID-19: jahonda nima ro‘y bermoqda?

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1,35 million nafarni tashkil etmoqda, 79, 2 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0