TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda umumiy hisobda 61 666 nafar kishi koronavirusga test tekshiruvidan o‘tkazildi. Bu haqda huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“2020 yil 7-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 61 666 nafar kishi koronavirusga test tekshiruvidan o‘tkazildi”, - dedi u AOKA shtabidagi brifingda.
Otabekovning aniqlik kiritishicha, 7-aprelning o‘zida 5,8 mingdan ortiq odam test qilindi.
Ta’kidlanishicha, koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatda 12 ta Respublika davolash-profilaktika muassasalari ishlashda davom etmoqda. Respublika travmotologiya va ortopediya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi COVID-19 yuqtirgan bemorlarni davolash uchun statsionar ro‘yxatiga kiritilgan. Stomatologiya tarmog‘idagi davolash-profilaktika muassasalari avvalgi rejimda ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 534 nafarga yetgan. Ushbu kasallikdan 30 kishi butunlay sog‘ayib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Koronavirusdan vafot etganlar uch kishini tashkil etmoqda.