TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 545 nafarga yetdi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi 180 dan ortiq mamlakatni egallab oldi. BSST COVID-19ni yuqtirgan 1,2 million nafar bemorlar haqida xabar bermoqda, 72 mingdan ziyodi vafot etgan.
Ayni vaqtda virusga chalinganlik bo‘yicha eng ko‘p holatlar qayd etilgan mamlakatlar orasida AQShdan tashqari, Ispaniya va Italiya ham mavjud. Ayni kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlik bo‘yicha 7497 ta holat aniqlangan, 494 kishi tuzalgan, 58 nafar bemor vafot etgan.