TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hukumatiga mamlakat fuqarolari uchun mehnat patenti to‘lovini kechiktirishni so‘rab rasmiy nota yubordi. Bu haqda Sputnik nashriga TIV axborot xizmati rahbari Avazbek Xodjimetov ma’lum qildi.
“Rossiya tomoniga mehnat patenti bo‘yicha to‘lovlar muhlatini ishlanmaydigan davr tugab, mehnat bozori tiklangunicha kechiktirishni so‘rab rasmiy nota yubordi”, - dedi Xodjimetov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida 30-aprelgacha barcha tashkilotlarning faoliyati to‘xtatildi. Natijada Rossiyadagi fuqarolar vaqtincha ishsiz qolmoqda. Bu holat o‘z navbatida ularning daromadlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
“Hozirgi paytda mazkur masala Rossiya Federatsiyasining vakolatli organdlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 29-fevralga ko‘ra Rossiyada amal qilayotgan patentlar soni 1,6 milliontani tashkil qiladi. Eng ko‘p Moskvada patent berilgan (420,4 mingta).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya migrantlar federatsiyasi karantin choralar davrida mehnat patent to‘lovlarini bekor qilish to‘g‘risida hukumatga murojaat yo‘llagan edi.