TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Nukusda yangi harbiy qism tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.
Harbiy qismning tantanali ochilish marosimida harbiy okrug mas’ul ofitserlari va harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
"To‘liq yangidan qurib foydalanishga topshirilgan harbiy qism bino va inshootlari eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Qulay va shinam mashg‘ulot xonalariga ega. Barcha sharoitlar badastur. O‘ylaymizki, ushbu qulayliklar yurt himoyachilariga manzur bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaOtkritie v Nukuse novoy voinskoy chasti
Otkritie v Nukuse novoy voinskoy chasti
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
So‘zga chiqqanlar ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘z zimmalaridagi sharafli vazifani mas’uliyat bilan ado etib, doim oldingi saflarda bo‘lishiga tilak bildirishdi.