TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori – hozirgi kunda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida to‘p surayotgan Odil Ahmedov Xitoydan O‘zbekistonga maxsus insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Namangan aholisi uchun tibbiy mahsulotlar partiyasini jo‘natgan.
© Ministerstov sporta UzbekistanaFutbolist Odil Axmedov
Futbolist Odil Axmedov
© Ministerstov sporta Uzbekistana
Taxminan 600 mln so‘mni tashkil etuvchi ushbu insonparvarlik yuklari tez kunlarda mamlakatga kirib keladi va Namangan xalqiga yetkaziladi.